2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Hazorasp tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 689,5 mlrd so‘mlik dehqonchilik mahsulotlari yetishtirildi.
2023- yilning mos davriga nisbatan umumiy hajm 12,3 % ga oshdi.
Tumanda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining tarkibi:
- jami don – 39,8 ming tonna, shundan bug‘doy – 30,4 ming tonna
- kartoshka – 8,5 ming tonna
- meva va rezavorlar – 12,7 ming tonna
- sabzavotlar – 27,5 ming tonna
- poliz ekinlari – 7,7 ming tonna
- uzum – 2,3 ming tonna.
Axborot xizmati