2024- yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 3 052 ta korxona va tashkilot faoliyat olib bordi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ularning soni 265 taga oshdi.
Tumanlar bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarning eng ko‘p qismi Gurlan (481 ta), Xonqa (323 ta) va Urganch (321 ta) tumanlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Axborot xizmati