O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi PQ-114-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning avgust oyida Statistika agentligi markaziy apparatida “Central Asia Certification” sertifikatlash tashkilotining xalqaro auditorlari tomonidan Agentlik faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi yuzasidan xalqaro sertifikatlash auditi o‘tkazildi.
Audit yakunlari bo‘yicha sentabr oyida xalqaro sertifikatni taqdim etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Buning natijasida, Statistika agentligining statistika faoliyati, shu jumladan, rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish faoliyati “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro sertifakatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Shu munosabat bilan, 2024- yilning 4- oktabr sanasida MDHning II Xalqaro Statistika forumining yakunida Statistika agentligida sifat menejmenti tizimini joriy qilganligi bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sertifikatini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sertifikatni TÜV AUSTRIA Group xalqaro sertifikatlash tashkilotining vakolatxonasi “Central Asia Certification” MCHJ direktori Xalida Muxamedova tantanali ravishda Statistika agentligi direktoriga topshirdi.
Ma’lumot uchun: “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” dunyodagi eng mashhur xalqaro standart bo‘lib, dunyo bo‘ylab 180 mamlakatlardagi milliondan ortiq tashkilotlar sertifikatlashtirgan.
15/11/2024