15/11/2024

2024- yilning yanvar- sentabrida viloyatimizda kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 178,5 mln AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 63,6 % ini tashkil etdi.

2023- yilning tegishli davri bilan solishtirilganda eksport hajmi 32,5 mln dollarga ko‘paygan.

2019-2024- yillar (yanvar-sentabr) kesimida eksport hajmining o‘zgarish dinamikasi quyidagicha bo‘lgan:

2019- yilda – 104,0 mln dollar

2020- yilda – 89,6 mln dollar

2021- yilda – 88,1 mln dollar

2022- yilda – 115,1 mln dollar

2023- yilda – 146,0 mln dollar

2024- yilda – 178,5 mln dollar.

 Axborot xizmati