2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Xonqa tumanida 747,1 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, 2023- yilning tegishli davriga nisbatan xizmatlar hajmining 13,0 % ga oshgani kuzatildi.
Tumanda eng yuqori ulush transport (29,8 %), savdo (25,3 %), moliyaviy (18,7 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %) xizmatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tumanda xizmatlar umumiy hajmining 547,6 mlrd so‘mi kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatildi.
Axborot xizmati