Bugun, 15- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida navbatdagi huquqiy targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hududiy boshqarma rahbariyati, tarmoq va hududiy bo‘limlarning boshliqlari (masofadan) ishtirok etishdi.
Hududiy boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov ishtirokchilarni shu yilning 8- noyabr kuni qabul qilingan “Evropa tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Xorazm viloyatidagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-390-sonli Prezident qarori bilan tanishtirdi. Qarorga ko‘ra, umumiy qiymati 294,1 mln AQSH dollari bo‘lgan “D 213 Urganch-Xonqa-Hazorasp-Amudaryo daryosi-A380” avtomobil yo‘lining 0-84 km qismini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda sohaga oid normativ hujjatlarning ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmat