14/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 2 146,6 mlrd so‘mni tashkil etib, 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 2,8 % ga o‘sdi.

Viloyat umumiy hajmida tumanning ulushi 12,0 % ni tashkil qildi.

Yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 39,8 %i dehqonchilik, 60,2 %i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Tumanda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 62,0 %i dehqon va shaxsiy (yordamchi) xo‘jaliklarida yetishtirildi.

 Axborot xizmati