2024- yilning yanvar- sentabr oylarida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 135,5 ming tonna meva va rezavorlar yetishtirildi.
Mahsulotlari yetishtirishning eng katta hajmi, ya’ni 82,6 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 60,9 %i dehqon va shaxsiy (yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Tahlillar 2023- yilning mos davriga nisbatan ushbu xo‘jaliklarda meva va rezavorlar yetishtirish 0,7 % oshganini ko‘rsatdi.
Hududlar orasida eng ko‘p meva va rezavorlar Bog‘ot (16,7 ming tonna), Shovot (16,5 ming tonna), Qo‘shko‘pir (14,3 ming tonna) va Yangiariq (14,2 ming tonna) tumanlarida yetishtirildi.
Axborot xizmati