14/11/2024

2024- yilning 9 oyida Qo‘shko‘pir tumanida chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 1 291,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Bu ko‘rsatkich viloyatda ishlab chiqarilgan jami chorvachilik mahsulotlarinining 10,5 % iga teng bo‘ldi.

2023- yilning mos davriga nisbatan  o‘sish sur’ati 101,6 % ni tashkil etdi.

Xususan tumanda 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyat bo‘yicha jami tirik vazndagi go‘shtning 13,5 %i, sutning 11,4 %i ishlab chiqarilib, ovlangan baliqning umumiy  hajmidagi ulush 10,2 % ni tashkil qildi.

 Axborot xizmati