14/11/2024

2024- yilning  yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda ishlab chiqarilgan  qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulotlari hajmida  eng katta ulush Urganch tumani hissasiga to‘g‘ri kelib, 10,5 % ni yoki 2 591,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

2023- yilning mos davriga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish  hajmi 1,6 % ga oshdi.

Tahlil qilinayotgan davrda viloyat bo‘yicha eng ko‘p sut (131,8 ming tonna) va poliz mahsulotlari (16,9 ming tonna) shu hududda ishlab chiqarildi.

Shuningdek, Urganch tumani mavjud sigirlar (46,3 ming bosh) va parrandalar (1 016,5 ming bosh)  soni bo‘yicha viloyatda yetakchilik qilmoqda.

 Axborot xizmati