Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika idoralari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Joriy yilning 13-14- noyabr kunlari ushbu tadbirlar Urganch shahridagi “Gulzor”, “Sahovat” hamda Shovot tumanidagi “Turkiston” mahallalarida amalga oshirildi.
Hududiy statistika bo‘limlari mutaxassislari tomonidan olib borilgan o‘rganish natijalari tegishli mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullari ishtirokida muhokama etildi.
Axborot xizmati