13/11/2024

2024- yilning 9 oyida Yangiariq tumanida faoliyat yuritayotgan 256 ta sanoat korxonasi tomonidan 578,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Sanoat ishlab chiqarishning faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida eng yuqori ulush to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqfarish hissasiga to‘g‘ri keldi va 46,3 % ni yoki 268,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sohasi (40,7 %) va oziq-ovqat mahsulotlari (5,8 %) ishlab chiqarish sohalarining salmog‘i ham yuqori bo‘ldi.

Tumanda sanoat ishlab chiqarishining 80,4 %i yirik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

 Axborot xizmati