2024- yilning yanvar-sentabrida Hazorasp tumanida asosiy kapitalga 499,3 mlrd so‘mlik investitsiya o‘zlashtirilgan bo‘lib, 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 86,6 % ni tashkil etdi.
Umumiy hajmning 92,4 % ini markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tashkil qildi.
Markazlashmagan investitsiyalarning tarkibi:
korxonalarning o‘z mablag‘lari – 71,9 mlrd so‘m
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 146,9 mlrd so‘m
aholi mablag‘lari – 202,4 mlrd so‘m
bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 58,5 mlrd so‘m.
Axborot xizmati