12/11/2024

2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida 474,8 mlrd so‘mlik  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Tuman sanoatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yuqori ulushga ega bo‘lgan va 44,0 % yoki 208,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shuningdek umumiy hajmda quyidagi mahsulotlar salmoqli ulushga ega:

oziq-ovqat mahsulotlari – 29,3 %

boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 6,8 %

kiyim ishlab chiqarish – 5,8 %.

 Axborot xizmati