2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Tuproqqal’a tumanida 527,9 mlrd so‘mlik qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi va 2023- yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 111,4 % ni tashkil etdi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari tarkibining 46,8 % i dehqonchilik, 53,2 % i chorvachilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tumanda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 33,0 % i fermer xo‘jaliklari, 57,7 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, 9,3 % i qishloq xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarildi.
Axborot xizmati