2024– yilning 1– oktabr holatiga ko‘ra, viloyatda mavjud qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 501,9 mingtaga yetdi.
2023– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda ularning soni 13,8 mingtaga (2,8 %) ko‘paydi.
Qo‘y va echkilar bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, jamiga nisbatan 76,2 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga to‘g‘ri keldi.
Hududlar orasida eng ko‘p boqilayotgan qo‘y va echki soni Qo‘shko‘pir tumanida qayd etildi va 92,4 ming boshni tashkil qildi.
Axborot xizmati