12/11/2024

Yangibozor tumanida 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida umumiy hajmi 409,0 mlrd so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.

Iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra eng yuqori hajm transport xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 129,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu bilan birga savdo (110,7 mlrd so‘m) va moliyaviy (41,1 mlrd so‘m)  xizmatlarning jami hajmdagi salmog‘i yuqori bo‘ldi.

Tumanning bozor xizmatlari tarkibida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlari hajmi 332,2 mlrd so‘mni tashkil qildi.

 Axborot xizmati