12/11/2024

2024- yilning 10-11- noyabr kunlari viloyatimizning bir qator hududlaridagi umumta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.


Xususan, Xonqa tumanidagi 39-son, Qo‘shko‘pir tumanidagi 2,4 va 8- sonli  umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda hududiy statistika bo‘limlarining mutaxassislari ishtirok etib, o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tdilar. Tadbir yakunida o'quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

Axborot xizmati