11/11/2024

Joriy yilning noyabr oyida viloyatimizning barcha hududlarida statistika idoralari mutaxassislari tomonidan foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tanlama kuzatuvidan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish osti maydonining 1kv/m qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.
Ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.



8-11- noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan kuzatuvlarda Statistika agentligi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi bosh mutaxassisi A.Abdurahmonov, viloyat statistika boshqarmasining tegishli bo‘lim mutaxassislari ishtirok etishdi.
Suratlarda viloyatning Xiva tumani va Urganch shahrida o‘tkazilgan tanlanma kuzatuvlaridan lavhalar aks etgan.

Axborot xizmati