2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Yangiariq tumanida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hajmi 1 750,7 mlrd so‘m tashkil etib, 2023- yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 104,2 % darajani ko‘rsatdi.
Umumiy hajmning 36,1 % i yoki 632,6 mlrd so‘mi dehqonchilik mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Yetishtirilgan dehqonchilik hajmida xo‘jalik toifalarining ulushi:
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari – 52,1 %
fermer xo‘jaliklari – 35,1 %
qishloq xo‘jalik faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar – 12,8 %.
Axborot xizmati