2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Gurlan tumanining tashqi savdo tovar aylanmasi hajmi 2023- yilning mos davriga nisbatan 25,3 % ga oshdi va 31,0 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
TSA tarkibida eksport – 28,4 mln dollarni, import – 2,6 mln dollarni tashkil etdi.
Gurlan tumani ko‘rilayotgan davrda xorijga eng ko‘p oziq-ovqat mahsulotlari (21,1 mln dollar) eksportini amalga oshirdi.
Import tarkibida yuqori hajm mashina va transport uskunalari hissasiga to‘g‘ri keldi va 2,4 mln dollarni tashkil etdi.
Axborot xizmati