Xorazm viloyati statistika boshqarmasida joriy yilning 11- noyabr kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish – ustuvor vazifa” mavzusida boshqarmaning tarmoq hamda hududiy bo‘limlari boshliqlari ishtirokida muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i A.O‘tamuratov har bir xodim o‘z faoliyati davomida tadbirkorlik subyektlariga yaqindan yordam berishi, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi, korrupsiya holatlarining oldini olishda eng avvalo jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish kerakligi, buning uchun esa har bir xodimda “halollik vaksinasi”ni paydo qilishning zarurati xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov har qanday korrupsiya jamiyatda demokratiya va adolat tamoyillari ustuvorligiga jiddiy putur yetkazib, inson huquqlari buzilishiga, qadr-qimmati toptalishiga olib kelishi, davlat va jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qilishi, fuqarolar turmush darajasini yomonlashtirishi va odamlar hayotini xavf ostida qoldirishga sabab bo‘lishiga urg‘u berdi.
Ayni davrda hukumatimiz tomonidan ushbu illatdan butkul xalos bo‘lish, uning har qanday ko‘rinishini tag-tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘rilib, unga qarshi kurashishda turli usullar qo‘llanilmoqda.
Axborot xizmati