2024– yilning yanvar–sentabr oylarida Qo‘shko‘pir tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 974,4 mlrd so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,0 % ga oshdi.
Jami investitsiyalarning 93,0 %i yoki 905,8 mlrd so‘mi markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hisobot davrida tumanda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar hajmi 665,0 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Axborot xizmati