2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 72,2 % i – dehqon va tomorqa xo‘jaliklariga, 21,8 % i – fermer xo‘jaliklariga, 6,0 %i – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri kelgan.
Xususan dehqon xo‘jaliklari tomonidan:
sog‘ib olingan sut - umumiy hajmning 94,9 % ini
go‘sht (tirik vaznda) – 88,2 % ni
qirqib olingan jun – 85,9 % ni
sabzavotlar – 84,6 % ni
kartoshka – 74,4 % ni tashkil qildi.
Axborot xizmati