2024- yilning yanvar-sentabrida viloyatimizda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 427,0 ming tonna sabzavot yetishtirildi.
Xo‘jalik toifalari orasida sabzavot yetishtirishning eng katta hajmi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keldi va 361,3 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 84,6 % ini tashkil qildi.
2023- yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 13,1 %, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida 3,0 %, qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 11,3 % o‘sish qayd etildi.
Axborot xizmati