30/10/2024

Viloyatimiz bo‘yicha 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida 12 297,4 mlrd so‘mlik chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarildi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmi 3,3 % ga oshdi.

Chorvachilik mahsulotlari tarkibida eng katta ulush Urganch (13,2 %), Qoʻshkoʻpir (10,5 %), Gurlan (10,1 %), Xonqa (9,2 %), Yangiariq (9,1 %) va Bogʻot  (8,6 %) tumanlariga to‘g‘ri keldi.

Ishlab chiqarilgan chorvachilik mahsulotlari o‘sish sur’ati hududlar kesimida tahlil etilganda, yuqori o‘sish sur’ati Gurlan (110,8 %) va Yangibozor (105,9 %)  tumanlarida  qayd etildi.

 Axborot xizmati