2024- yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimizda kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2,7 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.
O‘sish sur’ati 2023- yilning tegishli davriga nisbatan 107,4 % ni yoki 0,4 trln so‘mni tashkil qildi.
Viloyatda bajarilgan qurilish ishlarining 38,2 % ulushi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri keldi.
Axborot xizmati