2024- yilning 24- oktabr kuni Xiva shahridagi 11-son umumta’lim maktabida aholini ro‘yxatga olish tadbiriga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim muassasasining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarda shahar statistika bo‘limi mutaxassisi D.Rahimov o‘quvchilarga aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tdi.
Tadbir yakunida o'quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.
Axborot xizmati