25/10/2024

Bugun, 25- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida  o‘tkazilgan huquqiy yo‘nalishdagi seminar mamlakatimizda shu yilning 27- oktabr kuni  bo‘lib o‘tadigan siyosiy jarayon – mamlakatimiz  Qonunchilik palatasiga bo‘ladigan saylovlarga bag‘ishlandi. Mamlakatimizda kuchli va salohiyatli parlamentni shakllantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi natijasida Prezident taklifiga ko‘ra  aralash saylov tizimi – ham majoritar, ham proporsional saylov tizimiga o‘tilayotgani, uning afzalliklari, jahon amaliyotida qo‘llanilishi xususida  alohida ma’lumotlar berildi.

Yangilangan saylov qonunchiligi saylov komissiyalari va aholining saylov madaniyatini yuksaltirish, siyosiy partiyalarning o‘z elektorati bilan ishlash tizimini yanada mukammallashtirish, partiyalarning siyosiy faolligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. Seminarda saylovlarda ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsiyaviy huquqi bo‘lishi bilan birgalikda, jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat bildirish, fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi ekanligiga alohida urg‘u berildi.

 

  Axborot xizmati