Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida viloyatimiz importi tarkibida eng yuqori hajm oziq-ovqat mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelgan va 161,2 mln AQSH dollarini tashkil qildi.
2023- yilning yanvar-sentyabri bilan solishtirilganda mahsulot importining o‘sish sur’ati 99,0 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori hajmga ega mahsulotlar:
shakar, shakar mahsulotlari va asal – 144,0 mln dollar
hayvonlar uchun ozuqa – 8,0 mln dollar
don va don mahsulotlari – 4,2 mln dollar
sut mahsulotlari va parranda tuxumlari – 3,0 mln dollar.
Axborot xizmati