23/10/2024

Viloyatimizda 2024- yilning 1- oktabr holatiga  24 067 ta kichik biznes subyekti faoliyat olib bordi.

Kichik biznes subyektlarining tarkibida eng yuqori ulush savdo sohasi hissasiga to‘g‘ri kelgan va 38,0 % ni tashkil qilgan.

Kichik korxona va mikrofirmalarning iqtisodiy faoliyat turiga ko‘ra  taqsimlanishi:

savdo – 9 151 ta

sanoat – 4 097 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 2 993 ta 

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 1 686 ta

qurilish – 1 554 ta

tashish va saqlash – 1 013 ta

sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 544 ta

axborot va aloqa – 395 ta

boshqa turlari – 2 634 ta.

 Axborot xizmati