23/10/2024

Joriy yilning 23- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasining  Ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasi bo‘limi tomonidan hududiy statistika bo‘limlari xodimlari uchun ishbilarmonlik muhiti kuzatuvlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish statistikasiga  oid koʻrsatkichlar va ularni shakllantirish tartibi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda xodimlarga ish jarayonida ushbu faoliyatga oid koʻrsatkichlarni shakllantirish tartibi va uslubiyoti batafsil tushuntirib berildi.

Vebinar muloqot shaklida tashkil etilib, savol-javob tarzida xodimlarning savollariga batafsil javob berildi.

Yakunda oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, xodimlarning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

 Axborot xizmati