Joriy yilning 18- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov tomonidan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan keyingi yillarda mamlakatimizda o‘zbek tilining maqomi va nufuzini yanada yuksaltirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani, ona tilimizni rivojlantirish va targ‘ib etish bo‘yicha bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinayotganligi, 21- oktabrni – O‘zbek tili bayrami deb e’lon qilinganligiga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, oktabr oyida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlardan “2024-2026- yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024- yil 14- oktabrda qabul qilingan PF-155-sonli Prezident farmonining mazmuni va maqsadi ma’lumotlar berildi.
Axborot xizmati