21/10/2024

Joriy yilning 21- oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlari uchun axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid oʻquv amaliy seminari hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan onlayn vebinar tashkil etildi.

Shuningdek, vebinarda xodimlarga axborot va kiberxavfsizlik masalalariga oid yangi hujjatlar va topshiriqlar boʻyicha tushunchalar berildi. Ma’lumotlar xavfsizligi masalalari boʻyicha amaliy misollar bilan koʻrsatildi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Vebinar yakunida Raqamlashtirish va ma’lumotlarni saqlash markazi xodimlariga oʻtkazilgan vebinar masalalari boʻyicha test savollari berilib, ularning mavzuni oʻzlashtirganlik darajasi baholandi.

 Matbuot xizmati