Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.O‘tamuratov shu yilning 21- oktabr kuni Urganch tumanidagi “Hamid Olimjon” mahallasidan tanlanma kuzatuvga tushgan U.Matsapayev xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvini o‘tkazish jarayonida ishtirok etdi.
So‘rovnoma shaklida o‘tkazilgan o‘rganish ishlari davomida respondentdan olingan ma’lumotlarni boshqarmaning Turmush darajasi statistikasi va uy xo'jaliklari kuzatuvlari bo‘limi boshlig‘I L.Djabbarova qayd etib bordi.
Ijtimoiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan mazkur kuzatuvlar uy xo‘jaliklari turmush tarzi darajasini tahlil qilish uchun doimiy va ishonchli ma’lumotlar manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati