18/10/2024

Joriy yilning 17- oktabr kuni  Shovot tumanidagi 25- son umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tuman statistika bo‘limi boshlig‘i M. Ahmedov  qatnashdi va o‘quvchilarga  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114- son (2024- yil 4- martdagi) Prezident qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib, aholini royxatga olish mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Axborot xizmati