2024- yilning 1- oktabr holatiga viloyatimizda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan 17 taga oshdi va 4 137 taga yetdi.
Iqtisodiy yo‘nalish turiga ko‘ra eng ko‘p sanoat korxonasi ishlab chiqaradigan sanoatda faoliyat ko‘rsatdi va ularning soni 4 041 ta (97,7 %) ni tashkil qildi.
Shuningdek, tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlashda 17 ta, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda 59 ta, elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash sohasida 20 ta korxona faoliyat olib bordi.
Axborot xizmati