16/10/2024

Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-avgust oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 62,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 64,8 ming tonna o‘rik eksport qilgan.



O‘rik eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,6 mln AQSH dollariga oshgan.

2024- yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 51,5 ming tonna

— Qozog‘iston – 8,1 ming tonna

— Qirg‘iz R. – 2,7 ming tonna

— Ozarbayjon – 1,5 ming tonna

— Belarus R. – 721 tonna.

 

Matbuot xizmati