Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024- yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston 35 ta xorijiy davlatdan qiymati 94 mln AQSH dollariga 32 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
Shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,3 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 8 oyda eng ko‘p shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan davlatlar:
Rossiya – 22,6 ming tonna
Polsha – 2,3 ming tonna
Niderlandiya – 1,3 ming tonna
Qozog‘iston – 1,2 ming tonna
Turkiya – 655 tonna
Germaniya – 320 tonna
Fransiya – 154 tonna
Italiya – 135 tonna.