14/10/2024

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Urganch shahrida 138,8 mlrd so‘mlik aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, viloyat umumiy hajmidagi ulushi 24,5 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-avgusti bilan taqqoslaganda hududda ushbu xizmatlar hajmi 29,4 % ga oshgan.

Ma’lumot o‘rnida: 2024- yilning 8 oyida Urganch shahrida 3 782,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan va ushbu hajmning 3,7 % i aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

  Axborot xizmati