O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 4- martdagi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-114-son qarorida aholini ro‘yxatga olishga doir vazifalar belgilab berilgan.
Shunga asosan statistika idoralari xodimlari joyiga chiqqan holda, mahallar kesimida ko‘chama-ko‘cha nom belgilarining o‘rnatilganligi, xonadonlarning raqamlanganligi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bormoqdalar.
Joriy yilning 10-11- oktabr kunlari viloyatimizning bir qator hududlarida mahallalarning yangilangan sxematik xaritalarini o‘rganish jarayonida ushbu masalalarga alohida e’tibor qaratildi va mahalla fuqarolar yig‘inlari mas’ullariga xonadonlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati