Joriy yilning 11- oktabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va ularning qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorlik darajasini oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov seminar ishtirokchilarini “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” gi 2024- yil 7- oktabrda qabul qilingan O‘RQ-972-sonli Qonun hamda “Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to‘g‘risida” gi Vazirlar Mahkamasining 629-sonli (2024- yil 4- oktabrdagi) qarorining asosiy mazmun-mohiyati bilan tanishitirib o‘tdi.
Axborot xizmati