2024- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat 99 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2023- yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 3,8 % ga o‘sgan.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAIM o‘sishiga qo‘shgan hissasi 0,7 f.p.ni tashkil etgan.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YAIMdagi ulushi 18,2 % ga yetgan.