Oʻzbekiston 2024- yil yanvar-avgust oylarida qiymati 42,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 162 ming tonna karam eksport qilgan.
Karam eksporti qiymati 2023- yilning mos davri bilan solishtirilganda 21,5 mln AQSH dollariga oshgan.
2024- yilning 8 oyida Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 84,8 ming tonna;
Qozogʻiston – 64,7 ming tonna;
Qirgʻiz R. – 7,8 ming tonna;
Belarus R. – 3 ming tonna;
Latviya – 1,3 ming tonna;
Tojikiston – 121 tonna.
Matbuot xizmati