09/10/2024

2024- yilning yanvar-avgust oylarida viloyatimizdagi chorva (parranda) bozorlarida o‘tkazilgan parrandalar va chorva mollari sotuvchi jismoniy shaxslar tanlanma kuzatuvi natijalariga ko‘ra, savdo aylanmasi hajmi 867,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning yanvar-avgustiga nisbatan savdo hajmi 5,6 % ga o‘sdi.

Bunda har xil yoshdagi qoramollar savdosi 795,9 mlrd so‘m, qo‘y va echkilar –  67,8 mlrd so‘mni, parrandalar – 4,4 mlrd so‘mni tashkil qildi. 

 Axborot xizmati