04/10/2024

2024- yilning  yanvar-avgust oylarida Tuproqqal’a tumanida faoliyat yuritayotgan 143 ta sanoat korxonasi tomonidan  8 692,2 mlrd so‘mlik mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich viloyat sanoat ishlab chiqarishining 52,6 % ulushini tashkil qilgan.Tarmoqlar kesimida tahlil etilganda, ishlab chiqarish umumiy hajmining  6 738,2 mlrd so‘mi avtotransport vositalari, treyler va yarim pritseplar ishlab chiqarish, 1 656,4 mlrd so‘mi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, 126,3 mlrd so‘mi elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash sanoati hissasiga to‘g‘ri kelgan. Jami sanoat mahsulotlarining  98,1 %i yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan.

  Axborot xizmati