04/10/2024

2023- yilda viloyatimizdagi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum 19 959,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkichning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida eng ko‘p hajm:

 

  • savdo sohasida - 11 351,8 mlrd so‘m (ulushi 56,9 %)
  • sanoat tarmoqlarida - 2 937,8 mlrd so‘m (14,7 %)
  • qurilishda - 2 975,0 mlrd so‘m (14,9 %)
  • qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida - 881,4 mlrd so‘m (4,4 %)
  • tashish va saqlashda - 696,4 mlrd so‘m (3,5 %)
  • yashash va ovqatlanishda - 409,2 mlrd so‘m (2,1 %)
  • sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda - 121,4 mlrd so‘m (0,6 %)
  • axborot va aloqada - 112,6 mlrd so‘m (0,5 %) ni tashkil etgan.

Axborot xizmati