04/10/2024

2024- yilning 3- oktabr kuni viloyatimizning shahar va tumanlaridagi bir qator umumta’lim muassasalarida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminarlar tashkil etildi.


Xususan, Urganch tumanidagi 1- sonli va Gurlan tumanidagi 6- sonli umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lajak tadbirning targ‘ibotiga yo‘naltirilgan ushbu seminarlarda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishning asosiy maqsadi, mazmun-mohiyati hamda jarayonni tashkil etishning tartibi xususida ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.


Axborot xizmati