Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Xonqa tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 533,8 mlrd so‘mni tashkil qilgan va 2023- yilning mos davriga nisbatan 5,1 % ga oshgan.
Aholi jon boshiga o‘rtacha chakana savdo ko‘rsatkichi 2 681,0 ming so‘mga to‘g‘ri kelgan.
Umumiy savdo hajmining 79,6 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelib, ularning chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 425,0 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Axborot xizmati