Joriy yilning 30- sentabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika hamda tarmoq bo‘limlarning boshliqlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti I.Otajonov xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi (2024- yil 5- iyundagi O‘RQ-931- sonli) qonuni hamda sentabr oyida mamlakatimizda qabul qilingan yangi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bo‘yicha ma’lumot berdi. Shuningdek seminarda Adliya vazirligi tomonidan aholi xonadonlariga qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatishning muhimligi va shu orqali energiya tejamkorligiga erishishning ahamiyati yuzasidan tayyorlangan axborotlar taqdim etildi.
Axborot xizmati